Men Tarmoq
VLAN Β· 45 daqiqa
Mundarija
  1. 1. Muammo
  2. 2. 802.1Q tegi
  3. 3. Port turlari
  4. 4. Linuxda VLAN
  5. 5. VLAN loyihalash namunasi
  6. 6. Amaliyot

VLAN va 802.1Q

1. Muammo

Bitta switchga buxgalteriya, mehmon Wi-Fi va IP-kameralar ulangan. Hammasi bitta broadcast domenda β€” bitta ARP storm hammasini yiqitadi, mehmon kameralarni ko'radi. Yechim β€” VLAN: fizik switchni mantiqiy switchlarga bo'lish.

2. 802.1Q tegi

| Dst MAC | Src MAC | 0x8100 | PCP|DEI|VID(12) | EtherType | Payload | FCS |
                    └──── 4 bayt 802.1Q teg β”€β”€β”€β”€β”˜
  • VID β€” VLAN raqami (1–4094)
  • PCP β€” QoS ustuvorligi (802.1p), masalan VoIP uchun 5

3. Port turlari

Tur Nechta VLAN Teg Qayerda
Access 1 Tegsiz (untagged) Kompyuter, printer, kamera
Trunk Ko'p Tegli (tagged) + bitta native Switch↔switch, switch↔router, hypervisor

Native VLAN β€” trunk ichida tegsiz o'tadigan VLAN. Xavfsizlik uchun uni ishlatilmaydigan VLAN ga (masalan 999) o'zgartiring.

4. Linuxda VLAN

Ikki usul bor:

# 1) Sub-interfeys (router-on-a-stick, Proxmox, pfSense)
ip link add link eth0 name eth0.10 type vlan id 10

# 2) VLAN-aware bridge (Proxmox "VLAN aware" aynan shu)
ip link add br0 type bridge vlan_filtering 1
bridge vlan add dev eth1 vid 10 pvid untagged

5. VLAN loyihalash namunasi

VLAN Nomi Subnet Izoh
10 MGMT 10.10.10.0/24 Switch, AP, hypervisor boshqaruvi
20 SERVERS 10.10.20.0/24 DMZ/serverlar
30 USERS 10.10.30.0/24 Xodimlar
40 GUEST 172.16.40.0/24 Faqat internet
50 IOT 172.16.50.0/24 Kameralar, izolyatsiya

VLAN lar orasidagi trafik router/firewall orqali o'tadi (pfSense, MikroTik, L3 switch) β€” u yerda siyosat qo'llanadi.

6. Amaliyot

Labda Linux bridge dan haqiqiy 802.1Q switch yasaysiz va bir subnetdagi xostlarni VLAN bilan ajratasiz.

πŸ§ͺ Amaliy laboratoriya: VLAN izolyatsiya β€” Linux bridge switch

Linux VLAN-aware bridge yordamida 802.1Q switch yasab, bir subnetdagi xostlarni VLAN orqali ajratish.

Tugunlar: sw1, pc10a, pc10b, pc20 Β· ~40 daqiqa Β· 3 ta avto-tekshiruv

Lab uchun kiring

πŸ“ O'zingizni tekshiring

1. 802.1Q tegi Ethernet kadriga necha bayt qo'shadi?
2. VLAN ID uchun nechta qiymat ishlatilishi mumkin?
3. Access port va trunk port farqi?
4. Ikki xost bir xil subnetda, lekin turli VLAN da. Ular router'siz bir-birini ping qila oladimi?
Test uchun kiring